27 Sentyabr 2021 yil 331

Navbatdagi sud majlisida nazorat ostidagi 10 nafar shaxslar jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

Sirdaryo tuman IIB Probatsiya guruhi tomonidan 2021 yil 27 sentabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudi binosining majlislar zalida, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudi sudyasi S.Saribaev raisligida navbatdagi sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. Ushbu sudda tuman IIB Probatsiya guruhi hisobida turgan jami 35 nafar nazorat ostidagi shaxslar ishtirok etib, shundan 10 nafari O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilish to‘g‘risida kiritilgan taqdimnomalar va 1 nafar jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan nazorat ostidagi shaxs T.Aga nisbatan to‘plangan hujjatlar sud majlisida ko‘rib chiqildi.

10 nafar nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod etish to‘g‘risida kiritilgan taqdimnomalar sud tomonidan qanoatlantirildi, shuningdek jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan nazorat ostidagi shaxs T.Aga nisbatan o‘talmay qolgan jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirish to‘g‘risida ajrim chiqarildi.

Shuningdek, sud majlisi davomida nazorat ostidagi shaxslarga qayta jinoyat sodir etmasliklari, qonunda belgilangan huquq va majburiyatlarini bajarishlari to‘g‘risida targ‘ibot ishlari olib borildi.

 Sirdaryo tuman IIB Probatsiya guruhi

Text to speech