23 Oktyabr 2021 yil 444

Naʼmunali oʻquvchiga oq yoʻl tilandi.

Yangi Oʻzbekistonda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlardan samarali foydalangan holda 3-renessans sari dadil qadam qoʻyayotgan mamlakatimiz va uning rivojiga oʻz hissasini qoʻshish orqali Ona vatanimizning oldidagi farzandlik burchini ado etishni niyat qilgan Mohichehra Xursanova joriy yil Oʻzbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyini aʼlo baholarga tamomladi.

Mamlakatimizda ertangi kun egalari – yoshlarga taʼlim-tarbiya berish, ularni sogʻlom va barkamol etib voyaga yetkazishga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilayotgani bejiz emas. Uchrashuvda yosh talaba oʻz bilim va tajribalarini oʻquvchilar bilan oʻrtoqlashdi, shu darajaga yetishishiga ulkan hissa qoʻshgan ustozlariga kattadan-katta tashakkurlar aytdi. Oʻqituvchilar ilmning ahamiyati va Mohichehraning saʼy-harakatlari haqida fikr bildirdi. Litsey rahbariyati naʼmuna koʻrsatgan sobiq oʻquvchisini esdalik sovgʻalari bilan taqdirladi va oq yoʻl tilab kuzatdilar.

Talaba sifatida qabul qilingan oliy oʻquv yurtlaridan Yevropaning eng nufuzli oliygohlaridan biri, 14-asrda tashkil etilgan Italiyaning Sapiyenza di Roma (Rim Davlat universiteti)da oʻqishni davom ettirish istagini bildirgan ushbu yosh talabani ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyi rahbariyati oʻquvchilar oʻrtasida “Motivatsion uchrashuv” tashkil etdi.

Text to speech