17 Yanvar 2022 yil 224

Mirzaobod tumanida boʻlib oʻtgan sayyor sudda jazo oʻtashdan boʻyin tovlaganligi uchun oʻtalmagan jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzaobod tuman sudi binosida navbatdagi sud majlisi boʻlib oʻtdi. Mazkur sud majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan sudlanib 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan Mirzaobod tuman IIB Probatsiya guruhida hisobda turuvchi nazorat ostidagi shaxs Aziz Aliyevich (ismi sharifi shartli ravishda oʻzgartirilgan) oʻziga tayinlangan jazodan toʻgʻri xulosa chiqarmasdan, jazo oʻtashdan boʻyin tovlaganligi uchun oʻtalmagan 3 yil ozodlikni cheklash jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

Shuningdek, oʻziga tayinlangan jazodan toʻgʻri xulosa chiqarib, tuzalish yoʻliga oʻtganligi uchun Mirzaobod tumanida yashovchi, nazorat Probatsiya guruhida hisobda turuvchi nazorat ostidagi shaxs Sadriddin Badriddinxonovni (ismi sharifi shartli ravishda oʻzgartirilgan) oʻtalmay qolgan axloq tuzatish ishlari jazosi muddatidan ilgari shartli ozod etildi.

Sud majlisi davomida jinoyat ishlari boʻyicha Mirzaobod tuman sudi raisi F.Yu.Suvankulov tomonidan nazorat ostidagi shaxslarga huquqiy tushunchalar berildi.

Sirdaryo viloyati IIB Probatsiya boʻlimi.

Text to speech