27 Avgust 2021 yil 392

Mirzaobod tumani IIO Probatsiya guruhi nazorati ostidagi shaxslarga sayyor sud boʻlib oʻtdi.

Mirzaobod tumani IIO Probatsiya guruhi 2021-yil 23-avgust kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzaobod tuman sudi binosida navbatdagi sud majlisi boʻlib oʻtdi. Mazkur sud majlisida Mirzaobod tumani IIB Probatsiya guruhida hisobda turuvchi 1 nafar nazorat ostida turgan shaxs oʻziga tayinlangan jazodan toʻgʻri xulosa chiqarib olmaganligi uchun, Mirzaobod tumani, Mirzachoʻl mahallasida yashovchi, 1990-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b,v” bandlari hamda 228-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan sudlanib JKning 46-moddasiga asosan 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan nazorat ostidagi shaxs T.Dning oʻtalmagan 3 yil axloq tuzatish ishlari jazosi shu muddatga ozodlikni cheklash jazosiga almashtirildi.
Shuningdek, oʻziga tayinlangan jazodan toʻgʻri hulosa chiqarib, tuzalish yoʻliga oʻtganligi uchun, Mirzaobod tumani, Toshkent mahallasida yashovchi, 1989-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari, 127-moddasi 3-qismi hamda 226-moddasi 1-qismi bilan sudlangan nazorat ostidagi shaxs X.Kni oʻtalmay qolgan ozodlikni cheklash jazo muddati, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod etildi.
Shuningdek sud majlisida jinoyat ishlari boʻyicha Mirzaobod tuman sudi raisi F.Y.Suvankulov tomonidan nazorat ostidagi shaxslar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.

Sirdaryo viloyati IIB Probatsiya boʻlimi.

Text to speech