21 Sentyabr 2022 yil 281

Mirzaobod tumani IIB xodimlari oʻrtasida sportning “Shaxmat” turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni xamda Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2018-yil 17-yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarida xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 17-son buyrugʻiga muvofiq ichki ishlar organlari tizimida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, xodimlarning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi hamda ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini yanada mustahkamlash, shuningdek, IIVning 2022-yil 07-sentabr kunidagi “Ichki ishlar organlari tizimida kasbiy tayyorgarlik oyligini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 198-sonli Farmoyishiga muvofiq joriy yilning 10-sentabr kunidan 10-oktyabr kuniga qadar “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” deb eʼlon qilingan. Shu bois, Mirzaobod tumani Bolalar va oʻsmirlar sport maktabining sport majmuasida sportning “Shaxmat” turi boʻyicha Mirzaobod tumani Ichki ishlar boʻlimida xizmat qilib kelayotgan shaxsiy tarkibi oʻrtasida musobaqa oʻtkazildi. Oʻtkazilgan musobaqa davomida 42 nafar xodimlar ishtirok etib, mazkur musobaqa tafsilotlarga boy va juda qizgʻin tarzda oʻtkazilib, Mirzaobod tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi, Tashkiliy-tahlil guruhi katta inspektori kapitan Tagayev Farxad Keldibekovich Mirzaobod tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi profilaktika inspektori katta leytenant Tursunqulov Abdumannob Abduhakim oʻgʻillari barcha raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmay gʻolib boʻlib, ushbu xodimlar musobaqa yakunida bir-birlariga raqib boʻlgan holda 1,2-oʻrin boʻyicha bellashdilar va kapitan Tagayev Farxad Keldibekovich oʻzini raqibidan ustunligini bildirib, 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Musobaqa yakuni boʻyicha yuqori malakali hakamlarning baholarini inobatga olib, 1-oʻrin; kapitan Tagayev Farxad Keldibekovich, 2-oʻrin; katta leytenant Tursunqulov Abdumannob Abduhakim oʻgʻli deb, topildi va ushbu xodimlar Mirzaobod tumani IIB boshligʻi tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Musobaqa koʻtarinki ruhda oʻtkazilib kelgusida bunday musobaqalarni muntazam ravishda tashkil etib borish belgilab olindi.

Text to speech