28 Sentyabr 2020 yil 937

Mirzaobod tumani IIB XPB xodimlari tomonidan tarbiyasi ogʻir boʻlgan voyaga yetmaganlar bilan profilaktik suhbatlar olib borilmoqda

Mirzaobod tumani IIB XPB XQMB katta inspektori D.Gʻaniboyeva hamda Mirzachoʻl mahallasi profilaktika inspektori X.Xolboyevlar tomonidan tarbiyasi ogʻir boʻlgan voyaga yetmagan S.Aning xatti-harakatlari oʻrganildi va u bilan profilaktik suhbat olib borildi. Oʻrganish jarayonida S.A ota-onasidan besoʻroq uydan yolgʻiz chiqib ketishi, atrofdagilarning pand-nasihatlariga qaramasdan yangi tanishlar orttirib Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishda jabrlanuvchi boʻlib qolganligi, ammo bu holat oxiriga yetmay IIB xodimlari tomonidan fosh qilinganligi, ota-onasining soʻzlariga quloq solmay gap qaytarishi va boshqa salbiy holatlarni sodir qilayotganligi aniqlandi.

Suhbat yakunida S.Aga oldida ikki yoʻl turganligi, toʻgʻri yoʻlni tanlab oʻz kelajagini oʻz qoʻli bilan barbod qilmasligi lozimligi, qiz bola iboli, xayoli boʻlishi, gʻayriijtimoiy harakatlarni bas qilishi kerakligi, atrofdagilarning nasihatlaridan xulosa chiqarib kelajakda ota-onasi faxrlanadigan inson boʻlishi aytib oʻtildi.

Text to speech