21 May 2022 yil 257

Litsey o‘quvchilari bilan muzeylarga ekskursiya uyushtirildi.  

“18 may Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari uchun Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda Sirdaryo viloyati IIB tomonidan tashkil etilgan “Ajdodlar izidan avlodlar” muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya yuqori darajada tashkillashtirib, barcha o‘quvchilar ko‘zida mamnunlik xissini uyg‘otdi.

Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida o‘quvchilar Sirdaryo viloyatining o‘tmishi, tarixi, tashkil topilishiga oid hujjatlar, viloyat hududidagi arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan tarixiy eksponatlar hamda viloyat hayvonot olami bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati IIB tomonidan tashkil etilgan “Ajdodlar izidan avlodlar” muzeyida o‘quvchilar Sirdaryo viloyati IIB tarixi, soha fidoyilari haqidagi maʼlumotlar, mustaqillik yillarida ichki ishlar organlari tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish jarayoniga oid foto, media materiallar, eksponatlar bilan tanishdi. Zamonaviy interer va dizayn uslublari asosida shakllantirilgan muzey o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Litsey o‘quvchi-yoshlari muzeylar bu-ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lgan boylikni kelajak avlodlarga yetkazib beradigan ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy xazina ekanligiga yana bir bor guvoh bo‘lishdi.

Text to speech