27 Oktyabr 2021 yil 381

Karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmasi xodimlari tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda

Sirdaryo viloyatining shahar va tumanlarida aholi orasida sanitariya epidemiologik hamda yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish borasida Sirdaryo viloyati IIB Post patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmasi shaxsiy tarkibi tomonidan viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari hamkorlikda Guliston shahri dehqon bozorida veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilinishi nazorat tartibida tekshirildi. Tekshiruvlar davomida fuqarolar tomonidan sotish uchun olib kelingan chorva hayvonlari goʻshtining belgilangan joyda veterinariya sanitariya koʻrigidan oʻtkazib savdo qilinayotganligi, tuxum mahsulotlarining isteʼmolga yaroqliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga ega ekanligi, veterinariya sanitariya koʻrigidan oʻtkazib, savdo qilganligi, sut va sut mahsulotlari pavilyoni nazorat tartibida koʻzdan kechirilganda, sotuvchilar tomonidan olib kelingan sut va sut mahsulotlari veterinariya sanitariya ekspertiza laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan tekshiruvdan oʻtkazilib, isteʼmolga yaroqliligi toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berilganligi, ushbu pavilyonning ichki qismiga yelim idish (baklajka) larda sotilishi taʼqiqlanganligi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi eslatma yopishtirilgan boʻlsada, ayrim sotuvchilar tomonidan sut va sut mahsulotlari yelim idishlarda sotilayotganligi aniqlandi. Sifati ob havoning taʼsiri natijasida tez oʻzgaruvchan boʻlgan salat mahsulotlari veterinariya sanitariya qoidalari va normalariga zid ravishda ochiq havoda sotilayotganligi aniqlandi. Ushbu holatga qonuniy chora koʻrish uchun sotuvchi va mahsulotlar dehqon bozori veterinariya sanitariya ekspertiza laboratoriyasi mudiriga topshirildi.

Bu kabi tadbirlar viloyat hududi boʻylab keng koʻlamda oʻtkazilishi toʻgʻrisida kerakli chora tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech