22 Dekabr 2021 yil 284

Jazo o‘tayotgan nazorat ostidagi yoshlar va ayollar bilan ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi

Boyovut tuman IIO Probatsiya guruhi hisobida Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanib, jazo o‘tayotgan ayollar 7 nafarni, yoshlar 28 nafarni, jami 35 nafarni tashkil etadi.

Hozirgi kunda Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi hisobida jazo o‘tayotgan yoshlar va ayollar tomonidan qayta jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishini oldini olish hamda kelgusida jazo o‘tash tartib qoidalarini buzmaslik, yoshlarni kasbga yo‘naltirish maqsadida Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi xodimlari, tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda jazo o‘tayotgan yoshlar-ayollarga jazoni to‘g‘ri o‘tab tuzalish yo‘liga o‘tgan mehnatga halol yondoshgan shaxslarni jazodan O‘z.Res JKning 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ozod etilishi tushuntirilib, agarda ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilsa O‘z.Res.JKni 60-moddasiga asosan shartli ozod etilgan muddati qayta qo‘shib og‘irroq jazo qo‘llanilishi to‘g‘risida rasman ogohlantirildi.   

         Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi  

Text to speech