25 May 2023 yil 799

Jangovar qurollardan amaliy o‘q otish mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 22 sentyabr kunidagi “Ichki ishlar organlarida xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 383-sonli buyrug‘i hamda Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2023 yil 22 aprel kunidagi “Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari bilan amaliy o‘q otish mashg‘ulotlarini o‘tkazish hamda sinovlar qabul qilish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan,  joriy yilning 20 may kunidan 31 may kuniga qadar jangovar qurollardan amaliy o‘q otish mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Jizzax viloyati hududida joylashgan maxsus o‘q otish maydonida tashkil etilgan ushbu amaliy o‘q otish mashg‘ulotlarida Boshqarma MMI va KBTX Jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘limi hamda Boshqarma TVBSO xodimlari ishtirokida barcha shaxsiy tarkib faol ishtirok etmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida xodimlar texnika xavfsizligi qoidalariga to‘liq amal qilgan holda, PM va AK-74 jangovar qurollaridan belgilangan nishonlarga qarata o‘q otish, ushbu qurollarni qismlarga ajratish va yig‘ish kabi amaliy mashg‘ulotlarni bajarmoqdalar.

Text to speech