16 Dekabr 2021 yil 327

Sirdaryo tumanida "Sog'lom va barkamol oila" shoiri ostida tadbir o'tkazildi

14 dekabr kuni Sirdaryo tumanidagi Sirdaryo akademik litseyida "Sog'lom va barkamol oila" shiori ostida 3-sektor hududida yashovchi 10ta oilalar ishtirokida kitobxonlik hamda sport yo'nalishlari bo'yicha Ichki ishlar vaziri kubogining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

Tadbirni tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, 3-sektor rahbari Oybek Abdullayev kirish so'zi bilan ochib berdi. Tadbir ikki bosqichda tashkil etilib, kitobxonlik yo'nalishida 5ta oila, sport yo'nalishida 5ta oila o'zaro kuch sinashishdi.

Dastlab oilalar kitobxonlik bo'yicha bilimlarini sinovdan o'tkazishdi. Qiziqarli savol-javob yo'nalishida Botirovlar oilasi bilimdon oila ekanligini ko'rsatishdi. Tadbirning ikkinchi qismi sport o'yinlari bilan davom etdi. Unda Aliyevlar oilasi jismonan kuchli ekanligi sezilib turdi hamda 1-o'rinni egallab viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Text to speech