15 Sentyabr 2021 yil 405

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video murojaat yuzasidan rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardaSardoba toshqinidan jabr koʻrgan oila vakilasi Feruza Xakimovani prezidentga murojaati!» sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, videolavhadagi murojaatlar tegishli tartibda oʻrganildi.

Aniqlanishicha: 2020-yil 1-may Sardoba suv toshqinda fuqaro Xakimova Feruzaning yashash xonadonining podval qismiga suv kirgan yashash xonadoniga zarar yetmagan. Sirdaryo viloyati qurilishi sohasi mutaxassislari tomonidan xonadonga yaroqli deb xulosa berilgan. U istiqomat qilayotgan koʻp qavatli uylarda taʼmirlash ishlari olib borilib, ushbu fuqaroning yashash xonadoning pol qismlarini almashtirilib ichki qismlari toʻliq qayta taʼmirlangan. Fuqaro ishsizligi sababli tuman Bandlikka koʻmaklashuv markazi va Mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan uning bandligini taʼminlash maqsadida turli xil ishlar taklif etilganda, oʻz xohishiga koʻra ishlashdan bosh tortib kelgan. 

Shuningdek uning otasi istiqomat qiladigan Oqoltin tumani Ahillik mahallasi Mirzachoʻl koʻchasi 4/1-sonli turar joy binosi tuzilgan ishchi guruh mutaxassislari tomonidan virtual texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalari asosida binoning umumiy holati qoniqarli darajada ekanligi aniqlanib, texnik xulosa berilgan.

Joriy yilning 31-mart kuni fuqaro F.Xakimova Toshkent shahrida joylashgan Hukumat idoralaridan uning muammolarini oʻrganish tushuntirish ishlari olib borish maqsadida Toshkent shahridan Oqoltin tumani IIB maʼmuriy binosiga olib kelinib, ishchi guruh tomonidan uning muammolari (fuqarolar bilan soʻrov oʻtkazish xonasida) tegishli tartibda oʻrganilib, keltirgan vajlari boʻyicha tushuntirish ishlari berilgan. Yuqoridagi holatda IIB xodimlari tomonidan fuqaro F.Xakimovaga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilganligi yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, xizmat tekshiruvi xulosasiga koʻra keltirilgan vajlar oʻz tasdigʻini topmagan. Shuningdek mazkur holat Oqoltin tumani prokuraturasi tomonidan tegishli tartibda oʻrganib chiqilgan.

Bundan tashqari F.Xakimova bilan oʻtkazilgan tushuntirish ishlari olib borilgandan keyin Oqoltin tuman IIB maʼmuriy binosiga murojaat qilib kelgan Oqoltin tumani, Yangi davr MFYda yashovchi V.R.Mamatqulova bilan oʻzaro janjallashib, jamoat tartibini va jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzgan. Shu sababli fuqarolar F.G.Xakimova hamda V.R.Mamatqulovalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorlik) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib tegishli tartibda sudga yuborilgan. Sud idoralari tomonidan holat tegishli tartibda koʻrib chiqilgan.

Shu oʻrinda jurnalist va blogerlardan oʻzlariga kelib tushgan har qanday maʼlumotlarni tekshirib asoslangan holda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga taqdim etishlarini, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilardan esa asoslanmagan maʼlumotlarga ishonib xulosa chiqarmasliklarini soʻrab qolamiz.

Text to speech