25 May 2023 yil 660

Ijtimoiy tarmoqlarda "Sirdaryoda shunday shunqorlar bor ekan" sarlavhasi bilan tarqalgan, video lavha yuzasidan rasmiy maʼlumot

Sirdaryo viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida video tasvirdagi Traсker transport vositasi 20 103 DAV davlat raqam belgili ekanligi hamda ushbu transport vositasi Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasiga tegishli ekanligi, video tasvirdagi holat joriy yilning 24 may kuni soat 14:10 larda, Guliston shahar hududidan o‘tuvchi 4 R 18 avtomobil yo‘lining 20-21 kilometrlari oralig‘ida Oqoltin-Guliston yo‘nalishida yo‘lning chap tomonida qarama-qarshi haydab avariya holatini keltirib chiqarganligi aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan X.Z ismli haydovchiga nisbatan MJtKning 128-5-2-qismi bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilib, Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasiga tegishli tartibda taqdimnoma kiritilib, haydovchi X.Z agentlikning 25.05.2023 yil kungi xatiga ko‘ra ishdan bo‘shatildi.

Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati

Text to speech