14 Sentyabr 2021 yil 117

IIVning ishchi guruhi Sirdaryo viloyatida ish boshladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 6-sentyabr kunidagi “Ichki ishlar vazizligi hududiy boʻlinmalarining jangovar shayligi hamda xodimlarning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasini oʻrganish toʻgʻrisida”gi farmoyishi talablariga asosan, Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining jangovar shayligi hamda xodimlarning xizmat jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasini oʻrganish hamda metodik va amaliy yordam koʻrsatish maqsadida, vazirlikning ishchi guruhi Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida oʻz faoliyatini boshladi.

Joriy yilning 13-sentyabr kuni ishchi guruh tomonidan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari, Tashkiliy boʻlim (boʻlinma) boshliqlari hamda Kadrlar bilan taʼminlash guruhi katta inspektorlarining jangovar shaylik darajasi, saf tayyorgarligi, xizmat kiyimini kiyish qoidalariga rioya qilinishi, maxsus vositalar va oʻq otar qurollarni qoʻllash koʻnikmalari sinovdan oʻtkazildi.

Sirdaryo viloyati IIB Kasbiy tayyorgarlik boʻlimi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech