3 Fevral 2023 yil 286

IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchi qizlari bilan davra suhbati o‘tkazildi

IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchi qizlari bilan “Kasbim-faxrim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Sirdaryo viloyati IIB MMI va KBTX boshlig‘ining XQMB o‘rinbosari, Sirdaryo tumani IIB JXX HPB XQMB katta inspektori, xotin-qizlar jamoatchilik kengashining aʼzosi hamda shifokorlar ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida har bir kasbning takrorlanmas sir-sinoati, jozibadorligi va albatta mashaqqati hamda sharafi borligi, Ichki ishlar organi xodimi bo‘lish ham insondan bilim, kuch-g‘ayrat, shijoat va matonat talab etishi, xodim o‘z kasbini sevib ishlasagina hurmat, obro‘-eʼtibor qozonishi, faoliyatida yuqori natijalarga erishishi mumkinligi taʼkidlab o‘tildi. Davra suhbatida o‘quvchi qizlarning faolligi, tashabbuskorligini oshirish, o‘z ustida ishlash, yutuqlarni qo‘lga kiritish, maqsadlariga erishish uchun dadil qadam tashlash, qunt bilan bilim olishlari haqida zarur tavsiyalar berib o‘tildi. Shuningdek, odob-axloq qoidalari, muomala, kiyinish odobiga rioya qilishlari, boshqalarga har tomonlama namuna bo‘lishlari lozimligi tushuntirildi. Davra suhbati davomida o‘qish davomida yutuqlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchi qizlar alohida eʼtirof etildi. Uchrashuv so‘ngida o‘quvchi qizlar tomonidan berilgan savollarga masʼullar tomonidan aniq javoblar berildi.

Text to speech