27 Sentyabr 2021 yil 363

IIV Sirdaryo Akademik litseyida oʻquvchilar uchun adaptiv psixologik trening mashgʻulotlari oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo Akademik litseyi oʻquvchilari uchun “Inson umri” nomli psixologik trening tashkil etildi. Psixologik treningga Oʻzbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi magistranti psixolog Abdulhayev Abdulhaq tashrif buyurdi.Tashkil etilgan seminar-treningdan maqsad 1-kurs oʻquvchilarining jarayonlarga moslashuvi, ruhiy ongini yanada yaxshilash, jamiyatda oʻz oʻrnini topishda kasbga yoʻnaltirish koʻzda tutilgan. Seminar-trening davomida psixolog oʻquvchilar bilan turli-xil motivatsion oʻyinlar, inson ruhini koʻtaradigan savol-javoblar oʻtkazdi.  “Inson umri davomida qilayotgan amallari va oldiga qoʻygan maqsadlari bir-biri bilan chambarchas bogʻliq. Shunday ekan bir kuningiz davomida bajarilgan har bir ishingiz aniq maqsadingizga yoʻnaltirilgan boʻlsin “ — deydi: Oʻzbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi magistranti Abdulhayev Abdulhaq. 

Seminar-trening oʻquvchilarda katta taʼsirot qoldirdi va tashrif buyurgan psixologga oʻz minnatdorchiligini bildirishdi.

Text to speech