20 Yanvar 2022 yil 399

IIV SIRDARYO AKADEMIK LITSEYIDA MEMORANDUM IMZOLANDI !

Har tilni biluv endi bani odama jondur,

Til vosiyayi robitayi olamiyondur,-

degan edi maʼrifatparvar shoir Avaz O‘tar. XIX asrda aytilgan bu dono fikr bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Bugungi kunda chet tillarini o‘rganishga davlat miqyosida berilayotgan eʼtibordan ruhlangan holda IIV Sirdaryo akademik litseyida chet tili fanlari o‘qituvchilari uchun master klass bo‘lib o‘tdi. Akademik litseyda xorijiy fanlar chuqurlashtirilgan holda o‘rganiladi. Bu fanlardan saboq beruvchi pedagoglar jamoasining sifat tarkibiga IIV va litsey rahbariyati tomonidan alohida eʼtibor beriladi. Buning natijasi sifatida 2021 yilning ozida chet tillari kafedrasidan 7 nafar ingliz tili o‘qituvchilarning 4 nafari S-1 darajadagi, 3 nafari B2 darajasidagi sertifikatga ega bo‘lishganini ko‘rishimiz mumkin.

O‘tkazilgan seminar-treningga 2021 yil tashkil etilgan "Xorijiy tillarini o‘rganishni ommalashtirish agentligi" Sirdaryo bo‘limi boshlig‘i Ortiqov Qudrat Saidovich, agentlikning yetakchi mutaxassislari M.E.Tagayeva, U.M.Maqsadbekovalar tashrif buyurishdi. Trening davomida litsey rahbariyati agentlik bilan memorandum imzoladi. Unga ko‘ra yil davomida agentlik bilan hamkorlikda chet tili fanlari o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etib borishga kelishib olindi.

"Respublikamizdagi taʼlim muassasalari orasida yuqori o‘rinlarda odimlab borayotgan IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘zida yuqori malakali pedagog xodimlarni jamlagan desak adashmagan bo‘lamiz, ayniqsa, chet tili fanlari o‘qituvchilarining bilim darajalari meni quvontiradi. Litseyda xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishni ingliz tilidan tashqari nemis va fransuz tillarining chuqurlashtirilgan holda o‘tilayotganidan ham anglasak bo‘ladi", -deydi Xorijiy tillarini o‘rganishni ommalashtirish agentligi Sirdaryo bo‘limi boshlig‘i Ortiqov Qudrat Saidovich.

Litsey o‘qituvchilari uchun bunday seminar - treninglar memorandumga ko‘ra endi har oyda tashkil etiladi.

IIV Sirdaryo akademik litseyi Yoshlar yetakchisi Ch. Shodmonova

Text to speech