20 May 2023 yil 287

IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari “Yoshlar markazi”da!

Yangi O‘zbekiston yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish hamda shiddat bilan rivojlanayotgan texnologiya asrida munosib raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishda IT ning o‘rnini yoritib berish maqsadida, joriy yilning 19 may kuni IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari bilan Guliston shahrida joylashgan “Yoshlar markazi”ga sayohat uyushtirildi.

Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.B.Sirojidinov litsey o‘quvchilari bilan uchrashib, “Yoshlar markazi”da yoshlar uchun tashkil etilgan IT park va pazandachilik, teatr, tikuvchilik, amaliy sanʼat, musiqa to‘garaklari to‘g‘risida maʼlumot berdi. Shuningdek, IT markaz mutaxassislari o‘quvchilarga IT sohasiga qanday kirib kelish va eng zarur metodlardan qanday foydalanish kerakligini, Startap loyihalarni amalga oshirish, it-market tizimi va IT park rezidenti bo‘lish haqida maʼlumot berib o‘tildi.

O‘quvchilar IT parkda tashkil etilgan kompyuter savodxonligi, dasturlash, veb-dizayn, robototexnika, kibersport turlari, IT-ingliz tili kabi bir qator to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishib, darsdan tashqari holatlarda mazkur to‘garaklarda ishtirok etish istagini bildirdilar.

Tashrif davomida o‘quvchilar o‘zlari qiziqqan savollarga malakali mutaxassislar tomonidan yetarlicha javob oldilar. “Yoshlar markazi”da yaratilgan sharoitlar  o‘quvchilarimizda juda katta taassurot va IT sohasiga katta qiziqishni uyg‘otdi.

Text to speech