7 Fevral 2023 yil 231

IIV masʼul xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvar kunidagi 10-sonli Qarori boʻyicha targʻibot uchrashuvlari oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV oʻrinbosari general-mayor A.Ikramovning farmoyishiga asosan IIV masʼul xodimlari tomonidan joriy yilning 7-fevral kuni joylarda Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 10-sonli Qarori boʻyicha targʻibot uchrashuvlari oʻtkazildi. Oʻtkazilgan targʻibot uchrashuvlari davomida masʼul xodimlar tomonidan xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yilning 20-yanvar kunidagi 10-sonli Qarorining mazmun-mohiyati, ushbu Qaror bilan kelgusida ichki ishlar organlarida boʻladigan oʻzgarishlar, ayrim qonun hujjatlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar tushuntirib oʻtildi. Shuningdek, rahbar xodimlarga endilikda “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi” talablari boʻyicha xodimlar bilan ishni tashkil etishlari hamda jamoatchilik vakillari bilan keng qamrovli targʻibot va tashviqot ishlarini hamkorlikda olib borish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Joylarda IIV masʼul xodimlari tomonidan targʻibot va tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech