31 May 2023 yil 239

Ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida IIV Sirdaryo akademik litseyi professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlari uchun sayohat uyushtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-sonli qaroriga asosan IIV Sirdaryo akademik litseyi professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlari uchun “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” – ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida 2023-yil 28 may kuni Xovos tumanidagi ziyoratgohlarga va Zomin turistik zonasiga jamoaviy sayohat tashkil etildi. Sayohatda Xovosobod qishlog‘ida hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan 12 ta tabarruk qadamjolardan «Xasti buzurgon», «Bibi ocha», «Yusufbobo» ziyoratgohi va «Sherbobo» maqbarasini hamda “Namozgoh” masjidini tomosha qildilar. 

Shundan so‘ng, litsey jamoasi “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi bo‘ylab sayohat davomida “Sharshara”, Suffa platosi”, Sherbuloq” bulog‘i va boshqa dam olish maskanlari bo‘ylab sayr qilishdi. Zomin tabiatiga tashrif davomida toza havo va zilol suvdan bahramand bo‘lgan xodimlar yurtimizning go‘zalligi va tabiatining betakror ekanligini yana bir bor his qildilar.

Text to speech