15 Mart 2023 yil 343

Hayvonot dunyosiga zarar yetkazgan shaxslar aniqlandi.

Tabiat resurslari vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari hamkorligida nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi. Tadbir davomida Sirdaryo viloyati Sardoba suv omboridan fuqarolar S.Q va Sh.E lar tomonidan 2023-yil 13-mart kuni soat 22:00dan 14-mart soat 2:30ga qadar vaqt oraligʻida oʻzlariga tegishli boʻlgan 2 dona rezina qayiq, 4 dona eshkak va 4 dona uzunligi 320 metr boʻlgan taqiqlangan baliq tutish quroli, yaʼni leskali toʻr yordamida jami 6 turdagi 388 dona baliqlarni noqonuniy ravishda ovlaganlik holati aniqlandi. Sodir etilgan huquqbuzarlik holati yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, hayvonot dunyosiga yetkazilgan 105 million 870 ming soʻm zarar miqdori belgilandi.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Text to speech