24 Sentyabr 2022 yil 290

HAR BIR MUROJAAT — EʼTIBORDA!

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi Shuhrat Husanovich Boʻronov jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini qabul qildi.

Oʻtkazilgan shaxsiy qabulda, Ichki ishlar organlariga oid turli xil masaladagi jami 10 nafar jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini murojaatlar tinglandi, shundan 2 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi, 3 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati Boshqarma boshligʻi tomonidan ijrosi nazoratga olindi, 2 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati boʻyicha fuqaroga huquqiy maslahat berish orqali tushuntirish berildi, 2 nafar jismoniy va yuridik shaxsning murojaati oʻrganib chiqilayotganligi tushuntirildi, 1 nafar fuqarolarning murojaatlari tergovga qadar tekshiruv ishlarini oʻtkazilishi belgilandi.

Sirdaryo viloyati IIB Murojaatlar bilan ishlash guruhi

Text to speech