26 May 2022 yil 254

Guliston tumani IIB boshligʻi, 3-sektor rahbarining kubogi uchun sport musobaqalari oʻtkazildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan sport taʼlimini yaxshilash, iqtidorli sportchilarni saralash va ularning zaxirasini yaratish hamda malakali murabbiylarni tayyorlash bo‘yicha bergan topshirig‘iga asosan Guliston tumanida 3-sektor rahbari kubogi sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Tashkil etilgan musobaqada tuman hududida joylashgan 10 ga yaqin mahallalarda istiqomat qiladigan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar sportning ommaviy turlarida g‘oliblik uchun bahslarga kirishishdi.

Jumladan jamoaviy tarzda o‘tgan futbol, voleybol, hamda yakka tartibdagi boks, shaxmat-shashka, bellashuvlari qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi.

O‘tkazilgan musobaqada sportning voleybol turida Chortoq mahallasi yoshlari g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, futbol bahslarida Ibrat mahallasi jamoasiga yetadigan raqib topilmadi.

Shuningdek, yakka tartibda o‘tgan shaxmat-shashka bahslarida Beshbuloq mahallasi yoshlari ustunlikka erishdi. Ajoyib kuy qo‘shiqlar tarannum etgan konsert dasturi bilan davom ettirilgan tadbir davomida sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar hamda faol qatnashgan yoshlar 3-sektor rahbari tomonidan diplom ,medal va qimmatbaho estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Yoshlarimiz orasida bunday musobaqalar o‘tkazilishdan maqsad yoshlarimizni kelgusida jinoyatchilikka qo‘l urmasligi bo‘sh vaqtlarini sport bilan mazmunli o‘tkazishlari hamda yurtimiz bayrog‘ini jahon arenalariga olib chiqish.

Text to speech