9 Dekabr 2021 yil 322

Guliston shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda pirotexnika mahsulotlarini noqonuniy ravishda olib kelayotgan shaxs qoʻlga olindi.

2021-yilning 8-dekabr kuni Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB hamda Bojxona Boshqarmasi xodimlari hamkorlikda Guliston shahar Ahillik mahallasi Oʻzbekiston koʻchasida oʻtkazilgan tadbir davomida, 2002-yilda tugʻilgan Toshkent shaxar Chilonzor tumanida yashovchi E.A oʻzi boshqaruvida boʻlgan Neksiya-ИИИ rusumli avtotransport vositasida jami 5 xil turdagi 12 dona “Snayper, 76 dona “Zolotoy pesok”, 2 dona “S novym godom” nomli salyutlari hamda 33 qutida 19800 dona “Britanik” nomli, 7 qutida 4200 dona “Treniya” nomli jami boʻlib 24090 dona, (jami qiymati 6.600.000 soʻmlik) pirotexnik mahsulotlarini noqonuniy ravishda olib ketayotganligi aniqlanib, tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, hozirda surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB

Text to speech