29 Aprel 2020 yil 1063

Guliston shahrining 3-sektorida “Sahovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida extiyojmand oilalar xolidan xabar olindi

Joriy yil 20 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.m.Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Sahovat va ko‘mak” umumxalq harakatini tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edilar. Ushbu topshiriqlar asosida Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining tashabbusi bilan viloyat 3 sektorlaridagi kam taminlangan extiyojmat oilalar soni taxlil qilinmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad uch oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanadigan oilalarni aniqlanib ularga "Sahovat va ko‘mak" umumhalq xarakati doirasida yordam ko‘rsatishdir.

Birgina hozirgi kunda Guliston shahrining 3-sektorida 6252 ta xonadon bo‘lsa, ulardagi oilalar soni 6721 tani tashkil qilib ushbu oilalarda jami 26314 nafar fuqarolar istiqomad qilamoqda. 

 

Tahlillar natijasiga ko‘ra Guliston shahrining 3-sektorida kam taminlangan ehtiyojmand 168 ta xonadonlarda 199 ta oilalar, ularda 650 nafar fuqarolar yashashligi aniqlanib ularni Guliston shahar IIO FMB xodimlari, homiy va ko‘ngillilar tomonidan xayotiy zaruriy oziq ovqatlar bilan taʼminlab borish yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yilning 28 aprel kuni Guliston shahar IIO FMBning barcha biriktirilgan masʼul rahbar xodimlari tomonidan boquvchisini yo‘qotgan va yolg‘iz yashovchi 28 ta oilalar xolidan xabar olinib, ushbu oilalar xayotiy zarur oziq-ovqat maxsulotlari bilan taʼminlandi. 

 

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak insondan mexr-muruvvat yaxshilik qoladi. Sinovli kunlarda barchamiz birlashib yelkama-yelka xarakakt qilsak barchasini yengib o‘tamiz. Bu kabi saxovat tadbirlari viloyatimizning barcha xududlarida 3 sektor rahbarlari tomonidan muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech