27 Sentyabr 2021 yil 270

Guliston shahar 3-sektor rahbari ishtirokida maktab o‘quvchilari o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida 2021 yilni mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan yoshlarimizni ruhan va jismonan sog‘lom bo‘lib yetishishlari uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholi ayniqsa yoshlar orasida orttirilgan immunodifitsit virusi infeksiyalarini tarqalishini oldini olish va bu kasallikni yuqtirishga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish maqsadida Guliston shahar 7-sonli umumta’lim maktab o‘quvchilari bilan 3-sektor rahbari B.Saitnazarov, viloyat IIB JQB xodimlari hamda viloyat OITS shifokorlari  bilan joriy yilning 24-sentabr kuni yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirdan maqsad yoshlar orasida OIV infeksiyasini tarqalishi oldini olishdan iborat. Ushbu yig‘ilish davomida yig‘ilish qatnashchilariga sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib qiluvchi tarqatma materiallar tarqatilib, “Biz OITSga qarshimiz, Sizchi?” nomli hujjatli filmni namoyish etildi.

Text to speech