23 Oktyabr 2021 yil 442

Farmon ijrosi amalda

Sayxunobod tumani hududida jami aholi soni 78 000 nafarni tashkil qilib, shundan 107 nafar doimiy yashovchi chet el fuqarolari va 66 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni tashkil qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6065 sonli Farmoniga asosan 1 665 nafar fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartalari rasmiylashtirib berildi. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqidagi 2021-yil 14-iyundagi OʻRQ-696-sonli Qonunining 6-moddasiga asosan 36 nafar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi yoʻq shaxslar tomonidan hujjatlar topshirilgan boʻlib shulardan, 36 nafari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinib, identifikatsiya ID-kartalari rasmiylashtirib berildi hamda umumiy tartibda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish yuzasidan topshirilgan yigʻma jildlardan 10 nafariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi.

Text to speech