4 Oktyabr 2021 yil 343

Elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotganlar aniqlandi.

Sirdaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha Oqoltin tumani inspeksiyasi inspektorlari hamda viloyat IIB PPX va JTSB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tungi nazorat tadbirida “U. Kubayev” SIU hududidan oqib oʻtgan kanaldan fuqarolar E.D, Yu.F, R.Dlar tomonidan noqonuniy ravishda elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotganlik holati aniqlandi. Aniqlangan holat yuzasidan fuqaroga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Eslatib oʻtamiz Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 90-moddasi “Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish“

1-qism fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. 

2-qism shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

3-qism shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab boʻladi.

4- qism shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab boʻladi.

Text to speech