15 Sentyabr 2021 yil 568

DIQQAT, SIRDARYO VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI TANLOV EʼLON QILADI! 

Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlaridagi Tergov yo‘nalishi bo‘yicha mavjud bo‘sh bo‘lgan 10 ta “(katta) tergovchi hamda (katta) surishtiruvchi” lavozimlariga tanlov eʼlon qilinadi.

Ichki ishlar organlarining “(katta) tergovchi, (katta) surishtiruvchi” lavozimiga kirish istagini bildirgan nomzodlar uchun eslatma:

- Sirdaryo viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turuvchi, yoshi 18 yoshdan kichik va 30 dan katta bo‘lmagan (shu jumladan 30 yosh ham), bo‘yi 165 santimetrdan past bo‘lmagan (ayollar uchun 160 sm), muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan yoki oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

- Tanlovda oliy yuridik (huquqshunos) maʼlumotiga ega bo‘lgan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi.

Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi:

-fuqarolik pasporti;

- oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjatlar (diplom ilovasi bilan);

-harbiy guvohnoma;

-doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘y parametri ko‘rsatilgan holda).

Nomzodlar 2021 yilning 01 oktyabr kunidan 05 oktyabr kuniga qadar (05 oktyabr kuni ham) Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari so‘raladi.

2021 yilning 01 oktyabr kunidan oldin yoki 05 oktyabr kunidan keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.

Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahar I.Karimov ko‘chasi 1-uy.

 Murojaat uchun telefonlar: (078) 343-50-69, 343-50-83

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech