19 May 2022 yil 273

“Dinamo birinchiligi” musobaqasi oʻtkazildi.

“Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Sirdaryo viloyati kengashining ommaviy sport tadbirlari yillik taqvim-rejasiga muvofiq “Dinamo” JTSJ viloyat kengashi raisining 2022-yil 10-may kunidagi 4-sonli buyrugʻiga asosan, Sirdaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari harbiy xizmatchilari va xodimlari oʻrtasida joriy yilning 17-may kuni “Dinamo” sport majmuasida sportning mini-futbol turi boʻyicha “Dinamo” birinchiligi musobaqasi oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan musobaqada Sirdaryo viloyatidagi barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari futbol jamoalari ishtirok etishdi.

Jumladan, Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi, Oʻzbekiston Respublikasi DXX Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, Bojxona boshqarmasi, 9252 harbiy qism, Sirdaryo viloyati sudi, Sirdaryo viloyati boʻyicha Milliy gvardiya boshqarmasi va Qoʻriqlash boshqarmasi xodimalaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.

Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslar yakunida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi terma jamoasi faxrli 1–oʻrinni, Sirdaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi terma jamoasi 2-oʻrinni, Sirdaryo viloyati boʻyicha Milliy gvardiya boshqarmasi terma jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalarga “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Sirdaryo viloyati kengashi tomonidan qimmatbaho esdalik sovgʻalar, kubok va diplom bilan taqdirlandi.

Text to speech