30 Sentyabr 2022 yil 260

Boyovutda “Xavfsiz tun tadbiri”

Boyovut tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanib, Axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotganlar 73 nafarni, muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini o‘tayotganlar 42 nafarni, Ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotganlar 57 nafarni, Sinov muddati jazosi 1 nafarni, muddatidan ilgari shartli ozod etilganlar 79  nafarni jami 252  nafar nazorat ostidagi shaxslarni tashkil etadi.

Hozirgi kunda Boyovut tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida jazo o‘tayotgan shaxslar tomonidan qayta jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishlarini oldini olish, maqsadida Boyovut tumani IIB boshlig‘ining kunlik tun tadbiriga jalb etilgan sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikda 73 nafar axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan nazorat ostidagilarni ish joylaridan hamda 57 nafar Ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslarni sud tomonidan yuklatilgan taqiq va cheklovlarga rioya etib yashayotganligini tekshirilib, muntazam nazorat qilib borilmoqda, tekshiruv natijasida besh nafar nazorat ostidagi shaxslar sud tomonidan qo‘yilgan taqiq va majburiyatlarini buzganlik holatlari aniqlanib, ularga nisbatan Boyovut tumani IIB boshlig‘i tomonidan ogohlantirish intizomiy chorasi qo‘llanildi. 

       Boyovut tuman IIB JXX Probatsiya guruhi  

Text to speech