22 Dekabr 2021 yil 360

Boyovut tumanida fuqarolik pasportlari tantanali topshirildi

Uzoq yillar davomida mamlakatimizda yashab, rasmiy ravishda fuqarolikka ega boʻla olmagan qanchadan-qancha shaxslarga davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizning teng huquqli fuqarosi maqomi berilayotganligi nafaqat mamlakatimiz miqyosida, shu bilan birgalikda xalqaro hamjamiyat tomonidan ham demokratik prinsiplarning ifodasi sifatida yuksak eʼtirof etilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yil 13 mart kunidagi “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi 610-sonli qonuni talablari asosida Sirdaryo viloyatida “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi” deb tan olingan bir guruh yurtdoshlarimizga Oʻzbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi xodimlari hamda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi rahbariyati ishtirokida fuqarolik pasportlari tantanali topshirildi.

Jumladan 1997 yilda Tojikiston Respublikasidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga doimiy yashash maqsadida kelib, hozirgi kunda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida istiqomat qilib kelayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxs Berdikulova Sayyoraxon Allamuratovna hamda uning 2 nafar farzandlariga oʻrnatilgan tartibda fuqarolik ID-kartalari taqdim etildi.

Ichki ishlar organlari Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati rahbariyatining fuqarolik pasportlari va bayramona guldastalarni qabul qilib olgan yurtdoshlarimiz oʻzlarini chinakam Vatan himoyasida ekanliklarini aytib oʻtishdi.

25 yildan buyon toʻlaqonli fuqarolikka erishish ilinjida yashagan ushbu yurtdoshlarimizning cheksiz hayajon va quvonchlari bilan tantanali tadbir unutilmas onlarga boy boʻldi.

Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi

Text to speech