28 Avgust 2021 yil 332

Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan “Qora dori-2” bosqichi davomida ayol sumkasidan “marixuаnna” giyoxvandlik moddasi aniqlandi.

2021-yil 25-avgust kuni oʻtkazilgan “Qora dori-2” bosqichi tezkor tadbiri davomida, Boyovut tumani Soxil maxallasi hududida joylashgan “Avtoshoxbekat”da shubxali koʻringan notanish fuqaro Boyovut tumani IIB 14-sonli tayanch punktiga shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida olib kelingan 1976-yilda tugʻilgan, Boyovut tumani, Madaniyat maxallasida yashovchi P.I shaxsiy tintuv qilindi. Tintuv vaqtida qoʻlidagi selofan sumkasining ichidan gazeta oʻramiga oʻralgan oʻzining isteʼmoli uchun moʻljallangan oʻzidan oʻtkir xid taratuvchi, yashil rangdagi, quritilgan xolatdagi “marixuanna” giyoxvandlik moddasiga oʻxshash modda xolislar ishtirokida ish qonuniy xal etilgunga qadar daliliy ashyo tariqasida olingan.

Tayinlangan sudga oid ekspertizaning xulosasiga asosan fuqaro P.Idan olingan modda “marixuanna” giyoxvandlik moddasi xisoblanib, umumiy ogʻirligi 2.36 grammni tashkil etishi koʻrsatilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergоvga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Boyovut tumani IIB

Text to speech