13 Yanvar 2022 yil 408

Boyovut tumani IIB tomonidan ID-kartalar berish davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risidagi 2020 yil 22 sentyabrdagi PF-6065 sonli Farmonini ijrosini taʼminlash borasida Boyovut tumani IIB  Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Boyovut tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi tomonidan 2021 yil davomida 3793 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ID-kartalar berildi, 178 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ID-kartalar berildi, 95 nafar doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga ID-kartalar berildi.

Boyovut tumani IIB  Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi aholiga murojaat qilib identifikatsiya ID-kartalarini olish va almashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘z ixtiyoriga ko‘ra xohlagan ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga, ularni almashtirish uchun esa davlat xizmatlari markazlariga ham murojaat qilishlari mumkinligi maʼlum qiladi.

 Boyovut tumani IIB  Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi

Text to speech