21 Dekabr 2021 yil 265

Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi hisobida jazo oʻtayotgan nazorat ostidagi shaxslar Oʻz.Res JKning 73-moddasiga asosan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod etildi

Boyovut tuman IIB boshligʻining taqdimnomasiga asosan Probatsiya guruhi hisobida jazo oʻtayotgan nazorat ostidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ozod etish maqsadida Boyovut tumani Davlat soliq inspeksiyasi maʼmuriy binosida sud majlisi oʻtkazildi.

Jumladan Ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan 1987 yilda tugʻilgan, Boyovut tumani Boyovut mahallasida yashovchi nazorat ostidagi shaxs X.N oʻtalmay qolgan 7 oy 3 kun oʻtalmay qolgan jazosidan, 1974 yilda tugʻilgan Boyovut tumani Bunyodkor MFYda yashovchi M.Rni 1yil 2 oy 18 kun oʻtalmay qolgan jazosidan, 2002 yil tugʻilgan Boyovut tumani Qarapchi MFYda yashovchi O.A. 11 oy 20 kun oʻtalmay qolgan Ozodlikni cheklash jazosidan, 1977 yilda tugʻilgan Anorzor MFYda yashovchi M.Z 1 yil 11 oy 14 kun oʻtalmagan Axloq tuzatish ishlari jazosidan, JIB Yangiyer shahar sudining ajrimiga bilan JKning 73-moddasiga asosan muddatidan oldin shartli ozod etildi.

Bundan tashqari nazorat ostidagi shaxslar 06.10.1993 yilda Xovos tumani tugʻilgan Boyovut tumani Navbahor MFYda yashovchi T.D transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosidan, 1986 yilda tugʻilgan Boyovut tumani Hosil obod MFYda yashovchi G.Flar muayyan huquqdan mahrum qilish jazosidan, oʻzlarining shaxsiy iltimosi JIB Yangiyer shahar sudi tomonidan oʻrganilib chiqilib, 2 nafari oʻzining iltimosnomasiga asosan muayyan huquqdan mahrum qilish jazosidan, 4 nafari IIB boshligʻining taqdimnomasiga asosan jami 6 nafari nazorat ostidagi shaxslar JIB Yangiyer shahar sudining ajrimiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan muddatidan oldin jazo oʻtashdan shartli ozod etildi.

Oʻtkazilgan sudda JIB Yangiyer sudining raisi J.Haydarov, sud kotibi Begzod Bekturaev, tuman prokurorining yordamchisi Boʻronov Muhammad Neʼmat oʻgʻli, Boyovut tuman IIO Probatsiya guruhi katta inspektor kapitan U.M.Togʻaev, inspektori va 6 nafar nazorat ostidagi shaxslar hamda 35 nafar fuqarolar ishtirok etdi.

 Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi

Text to speech