7 Yanvar 2022 yil 623

Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz» shiori ostida sport musobaqalari oʻtkazildi.

Xovos, Sardoba tuman hokimliklari, Ichki ishlar boʻlimi Probatsiya boʻlimlari, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimlari, tuman Turizm va sport boʻlimlari hamda Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari bilan hamkorlikda yoshlar oʻrtasida “Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz” shiori ostida sport musobaqalari oʻtkazildi. Ishtirokchilar sportning “Koʻpkurash”, “Stol tennisi”, “Voleybol” va “Futbol” turlari boʻyicha oʻzaro va jamoaviy bellashdilar.

Musobaqalarda 160 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishdi.

Text to speech