28 Oktyabr 2021 yil 434

432,42 gramm giyohvand moddasi olindi.

Tintuv oʻtkazish qarori asosida, Sirdaryo viloyat IIB JQB va Boyovut tuman IIB xodimlari tomonidan Boyovut tumani Qarapchi mahallasida yashovchi fuqaro O.B ning yashash xonadonida oʻtkazilgan tintuv davomida, uning yashash xonadoni omborxonasidan oq rangli, matodan tikilgan, xaltacha ichida, 13 ta har xil hajmdagi qogʻoz boʻlaklari va 2 ta gugurt qutiga solingan, oʻzidan oʻtkir hid taratuvchi, quruq holatdagi, yashil rangli, marixuana giyohvandlik vositasiga oʻxshash vosita, 11 ta qogʻoz boʻlaklari, 1 ta tish pastasi qutisi va 1 ta matoli xaltacha ichiga solingan marixuana oʻsimlik urugʻlari borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan. Shuningdek, O.B oʻz xohishi bilan yashash xonadonidagi sandiqdan 2 ta qogʻoz qutilarga solingan va xonadon yotoqxonasi shkafi kostyumidan rangsiz sellofan paketdagi, 3 ta gugurt qutilarga solingan, oʻzidan oʻtkir hid taratuvchi, quruq holatdagi, yashil rangli, marixuana giyohvandlik vositalariga oʻxshash vositalarni taqdim etgan.

Ekspert kriminalistika boʻlimining xulosasiga koʻra, O.B dan daliliy ashyo tariqasida olingan oʻramlardagi va 3 dona gugurt qutisida boʻlgan, oʻtkir hidli, modda tarkibida faol giyohvand modda “Tetragidrokannabinol” mavjud boʻlgan “Marixuana” giyohvand moddasi ekanligi va uning umumiy vazni 432,42 grammni tashkil etishi koʻrsatilgan.

Hozirda holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech