20 Dekabr 2021 yil 362

10 nafar nazorat ostidagi shaxslar jazodan muddatidan ilgari shartli ozod etildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Sirdaryo tuman sudi binosining majlislar zalida, jinoyat ishlari boʻyicha Sirdaryo tuman sudi sudyasi S.Saribayev raisligida hamda sudya yordamchisi M.Rayimberdiyevlar navbatdagi sud jarayonida tuman IIB probatsiya guruhi hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslarning 10 nafari Oʻzbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilish toʻgʻrisida kiritilgan taqdimnomalar va 1 nafar jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan nazorat ostidagi shaxsga nisbatan toʻplangan hujjatlar sud majlisida koʻrib chiqildi.

10 nafar nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod etish toʻgʻrisida kiritilgan taqdimnomalar sud tomonidan qanoatlantirildi, shuningdek jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan nazorat ostidagi shaxsga nisbatan oʻtalmay qolgan jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirish toʻgʻrisida ajrim chiqarildi.

Shuningdek sud majlisi davomida nazorat ostidagi shaxslarga qayta jinoyat sodir etmasliklari, qonunda belgilangan huquq va majburiyatlarini bajarishlari toʻgʻrisida targʻibot ishlari olib borildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech