30 Dekabr 2021 yil 321

“Yangi yil” bayrami arafasida Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini taminlash bo‘linmasi xodimlari tomonidan bozorlarda reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyatining shahar va tumanlarida aholi orasida sanitariya epidemiologik hamda yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish borasida Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi shaxsiy tarkibi tomonidan viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Guliston shahri dehqon bozorida aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida, veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilinishi nazorat tartibida tekshirilib, fuqarolar tomonidan sotish uchun olib kelingan chorva xayvonlari go‘shti va ichki organlari, sut va sut mahsulotlarining belgilangan joyda veterinariya sanitariya ko‘rigidan o‘tkazib savdo qilinayotganligi tekshirildi.

Tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rildi. Iste’molga yaroqliligi noma’lum bo‘lgan mahsulotlar viloyat hayvonlar kasalliklari tashhisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markaziga yuborildi.

 Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi

 

Text to speech