2 Iyun 2023 yil 8195

Sirdaryo viloyati IIB safdorlik lavozimlariga tanlov eʼlon qiladi.

Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, Jamoat tartibini saqlash hamda Yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishidagi safdorlik lavozimlariga tanlov e’lon qiladi.

Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, Jamoat tartibini saqlash hamda Yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishidagi safdorlik lavozimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son Qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining amaldagi me’yoriy buyruq talablari asosida ichki ishlar organlariga qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar 2023 yilning 19 iyun kunidan 23 iyun kuniga qadar 23 iyun kuni ham soat  09.00 dan 17.00 ga qadar Sirdaryo viloyati IIB “Dinamo” sport majmuasiga quyidagi hujjatlarni aslini ko‘rsatgan holda murojaat etishlari mumkin:

-biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi (asli va nusxasi);

-harbiy guvohnoma (asli va nusxasi);

-Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joydan belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida ma’lumotnoma (bo‘y parametri ko‘rsatilgan holda,      086-forma).

-3x4 o‘lchamdagi 6 ta, 9x12 o‘lchamdagi 2 ta rangli fotosurat (bosh kiyimisiz);

-oliy ma’lumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom) yoki oliy o‘quv muassasida  

 sirtqi ta’lim shaklida taxsil olayotganligi to‘g‘risida oliy o‘quv muassasi

 tomonidan berilgan ma’lumotnoma (asli);

Yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishidagi lavozimlarga hujjat rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan nomzodlar quyidagi mutaxassisliklarga ega bo‘lishi talab etiladi.

-yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi ta’lim yo‘nalishi; -avtomobillar va avtomobil xo‘jaligi mutaxassisligi;

-avtomobil yo‘llari va aerodromlar  ta’lim  yo‘nalishi;

-ko‘priklar, tonnellar va metropoliten qurilishi mutaxassisligi;

-avtomobil transporti, yo‘l qurilish mashinalari va jihozlarining ekspluatatsiyasi ta’lim yo‘nalishi;

-transport inshootlarining ekspluatatsiyasi ta’lim yo‘nalishi;

-qiymat injiniringi ta’lim yo‘nalishi;

-shahar yo‘llari va ko‘chalari ta’lim yo‘nalishi;

-kasbiy ta’lim-avtomobil va aerodromlar;

-kasbiy ta’lim-transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash ta’lim yo‘nalishi;

-menejment-avtotransport bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi;

-marketing-avtotransport bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi;

-transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash ta’lim yo‘nalishi;

-tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi ta’lim yo‘nalishi;

-elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektrtexnologiyalari avtomobil transporti) ta’lim yo‘nalishi;

-xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi;

-xizmatlar sohasi (avtotransport bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi;

-ekologiya va atrof muhit muhofazasi (avtotransport bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi;

-bino va inshootlar qurilishi mutaxassisligi ta’lim yo‘nalishi;

-harakat xavfsizligini tashkil etish mutaxassisligi;

-ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish mutaxassisligi;

-ko‘tarish, tashish va yo‘l qurilish mashinalari ta’lim yo‘nalishi;

-huquqiy ta’lim sohasi; harbiy ta’lim sohasi.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

- Sirdaryo viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turishi;

- Yoshi 18 dan kichik 30 dan katta bo‘lmagan (30 yoshdagilar ham) bo‘lishi;

- Bo‘yi: 175 sm va undan yuqori bo‘lishi;

- Oliy ma’lumotga ega yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha tahsil olayotgan bo‘lishi;

- Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni yoki oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi.

Tanlov tadbirlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi 

-dastlabki o‘rganish;

-umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

-intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional  barqarorlikni baholash;

 -yakuniy suhbat.

(Tanlovda qatnashish uchun kelgan nomzodlarga tanlov tadbirlari bo‘yicha to‘liq tushuncha beriladi.)

Shuningdek, xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari dastlabki o‘rganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash hamda intelektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorlikni baholash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yakuniy suhbatsiz shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xizmatga yaroqli deb topilgan taqdirda, xizmatga qabul qilinadi.

Quyidagi nomzodlar istisno tariqasida, tanlov tadbirlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichidan ozod qilinadi hamda ularga ushbu bosqich bo‘yicha maksimal ball beriladi:

- Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lganlar;

- Oliy ta’lim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlaganlar.

Bundan tashqari so‘ngi besh yil ichida respublika miqyosidagi sport musobaqasining g‘olibi bo‘lgan yoki xalqaro miqyosdagi sport musobaqasining 1-3 o‘rinlaridan birini egallagan sportchilar, istisno tariqasida, xizmatga faqatgina yakuniy suhbat asosida qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon raqamlari: 67-343-52-80, 67-343-50-83, 67-343-50-73.

Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Navoiy shox ko‘chasi, 199-uy (Dinamo sport majmuasi)

Mo‘ljal:  ("Stomatologiya markazi" yonida)

 

Sirdaryo viloyati IIB Axborot

Text to speech