27 Iyul 2022 yil 134

Xovos tumanida yana bir noqonuniy o‘q-dori saqlash holati aniqlandi.  

Olingan maʼlumotga ko‘ra, Xovos tuman IIB HPB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida 1982 yilda tug‘ilgan, Xovos tumanida yashovchi N.Mning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan vaqtda hovlisida joylashgan molxonasining shiftidan jami 8 dona ov quroli patroni borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Hozirda Xovos tumani IIB JQB xodimlari tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech